Ortiqxoʻjayev Rossiya banki raisi bilan uchrashdi

Kecha Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev “Vneshekonombank” raisi Igor Shuvalov bilan uchrashdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligiFoto: Toshkent shahar hokimligi

Rossiya “Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” davlat korporatsiyasi raisi Igor Shuvalov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federetsiyasining yirik banklari, sanoat korxonalari va xizmat koʻrsatish kompaniyalari rahbarlaridan tashkil topgan.

Tashrifning maqsadi – ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.

Uchrashuv davomida ikki tomon vakillari hamkorlikda amalga oshirish mumkin boʻlgan istiqbolli loyihalarni koʻrib chiqib, muhokama etdilar.

Toshkent shahar hokimi rossiyaliklarni poytaxtimizdagi yangilanishlar va oʻzgarishlar bilan tanishtirib, oxirgi 2 yilda qurilishlar koʻlami 32 foizga oʻsgani, yalpi ichki mahsulot esa 14 foizga ortganligini maʼlum qildi. Investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarga eʼtibor qaratib, bunda Toshkentning taraqqiyoti va aholi uchun munosib turmush sharoitlarni yaratish masalasi ustuvor ekanligini bildirdi.

Xususan, Rossiya tomoniga “Daryo boʻyi biznes siti”, Logistika markazi, poytaxtimizning yangi – Yangi hayot tumani uchun ajratilgan hududda infratuzilmani yaratish va rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar taqdim etildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog