O‘rta Yer dengizida 130 nafar muhojir bedarak yo‘qoldi

//

O‘rta Yer dengizida bortida taxminan 130 nafar noqonuniy muhojir bo‘lgan 3ta qayiq yo‘qolib qoldi. Taxminlarga ko‘ra, qayiqlar cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda SOS Mediterranee insonparvarlik tashkiloti ma’lum qildi.

Tashkilot Liviya sohillari yaqinida falokatga uchragan 3ta qayiq haqida xabar olgan. Ularni qidirishga SOS Mediterrane’ga tegishli Ocean Viking va yana 3ta savdo kemasi jo‘nagan. Biroq ularga voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishda yomon ob-havo sharoiti va 6 metr balandlikdagi to‘lqinlar xalaqit qilgan.

«Biz bugun voqea joyiga yetib kelganimizda birorta omon qolgan odamni topolmadik», — deb ma’lum qilingan tashkilot xabarida.

SOS Mediterrane’ning ta’kidlashicha, bu vaziyatda birorta ham mas’ul dengiz tashkiloti yordam ko‘rsatmagan.

Afrika va Yaqin Sharqdan noqonuniy muhojirlar O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga qochishga urinib kelishadi.

Latest from Blog