Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi

Orol dengizi bo‘yida 2017-yilda ikkita turistik kompleks tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Kusekeyev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Birinchi turistik kompleks Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi Aq tumsiq manzilida Tazabay Grand Service kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan.

Shuningdek, shu joyning o‘zida — Orol dengizi sohilida Muinok tour kompaniyasi tomonidan ikkinchi turistik baza ochilgan.

Tashkilotlar tomonidan sayyohlarga dam olish, ovqatlanish va transport xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Turistik komplekslar O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017—2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Latest from Blog