Foto: Andreas Gebert / Bloomberg

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi

/

1-aprel holatiga Oʻzbekistonning sof xalqaro oltin-valyuta zaxiralari oy davomida 589,1 mln dollarga kamayib, 32,6 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Markaziy bank. Jumladan, Oʻzbekiston sof xalqaro zaxiralari 2021-yil boshiga nisbatan 2,2 mlrd dollarga yoki 6,5 foizga kamaydi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari (yalpi zaxiralar va erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi majburiyatlar oʻrtasidagi farq) 771,8 mln dollarga qisqarib, 31,6 mlrd dollarga yetdi.

Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uch oydan beri qisqarmoqda. Mart oyida zaxiradagi oltin 0,2 mln troya unsiyasiga (6,2 tonnaga yaqin) koʻpayib, jami 11,4 mln unsiyaga (323 tonnaga yaqin) yetdi. Biroq ushbu zaxiralar qiymati mart oyidagi arzonlashuvdan keyin 450,9 mln dollarga kamaydi.

Jumladan, 1-martda oltin narxi unsiyasi uchun 1738,8 dollarni tashkil etgan boʻlsa, 30-mart kuni u 1687,8 dollargacha pasaydi, 1-aprel kuni esa 1729,3 dollarga yetdi. AQSHning 10 yillik gʻaznachilik obligatsiyalari (US Treasuries) daromadliligining oshishi ham oltin narxiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Oʻzbekistonning xorijiy valyutadagi zaxiralari ham 132,4 mlrn dollarga kamaydi.

Latest from Blog