«Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar nomi e’lon qilindi

Fransiyadagi nufuzli France Football jurnali «Real» hujumchisi Kristianu Ronalduni 2017-yilgi «Oltin to‘p» uchun ham asosiy favorit sifatida baholadi. Bu haqda Sport Olami portali xabar qilmoqda.

Foto: www.pormisbalones.com

Joriy yilda Messi va Neymarning sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatlari past, Ronaldu, Grizmann, Buffon va Mbappeniki esa yuqori deb hisoblamoqda.

Nashr talqiniga ko‘ra, mukofotga ega chiqish uchun Ronaldudan tashqari«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann, «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe va «Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffonda real imkoniyatlar bor. «Oltin to‘p» egasi nomi kim o‘z jamoasi bilan joriy mavsumda YChL g‘olibi bo‘lishiga bog‘liq ekani aytilmoqda.

Qayd etish kerakki, Ronaldu 2016-yilda jamoasi bilan YChLda g‘olib bo‘lib, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandi. Har yillik mukofot 1956-yildan 2010-yilgacha France Football tomonidan topshirib kelingandi. 2010-yilda jurnal va FIFA o‘z mukofotini birlashtirdi. 2016-yilda esa jurnal ushbu hamkorlikni uzaytirishdan bosh tortdi va tomonlar mukofotlarini yana alohida holda topshiradigan bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, agar bu mavsum uchun mukofotlansa Buffon futbol tarixida «Oltin to‘p» olgan ikkinchi darvozabonga (birinchisi Lev Yashin, 1963-yil) aylanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog