Foto: Kazinform

Olmaotada O‘zbekiston fuqarosi samolyotda elektron sigaret chekkani uchun 340 dollar jarimaga tortildi

/

Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportida transport politsiyasi samolyot bortida elektron sigaret chekayotgan 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosini aniqladi, deb xabar bermoqda Kazinform.

“Olmaota aeroportidagi politsiya bo‘limiga Air Astana vakili tomonidan Toshkent—Olmaota reysi yo‘lovchilari orasida huquqbuzar aniqlangani to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Yetib kelganidan keyin ayol yo‘lovchi dalolatnoma bilan politsiyaga topshirildi”, — dedi Politsiya transport boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kalijan Koblandin.

Ayolga nisbatan Qozog‘iston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 441-moddasi 1-2-qismi (tamaki mahsulotlarini, shu jumladan, elektron tamaki va ular uchun suyuqliklarni samolyot bortida iste’mol qilish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan va BHMning 50 baravari miqdorida (145 850 tenge = 340 dollar) jarimaga tortilgan.

Latest from Blog