Olmaliqda bosh sohasida jarohatlari bilan erkak kishining jasadi topildi

2017-yil 18-aprel kuni  Olmaliq shahrida erkak kishining jasadi bosh sohasida jarohatlari bilan topilgan, surishtiruv ishlari natijasida ushbu jasad Olmaliq shahrida yashagan 1972-yilda tug‘ilgan Andrey Li ekanligi va uning bosh sohasidagi jarohat to‘mtoq jism ta’sirida  yetkazilganligi  ushbu jarohatlar va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Piskent tumanida ro‘yxatda turib, Olmaliq shahridagi dala-xovlida vaqtincha yashovchi,  muqaddam sudlangan, ishsiz, 1967-yilda tug‘ilgan Quvondiq Bolliyev sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar