Foto: Interfax.uz

Olmaliqda 49 kishi muzqaymoqdan zaharlangani boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 49 kishi muzqaymoqdan zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan qoʻzgʻatildi. Olmaliq shahar IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sanitariya va epidemiologiya boshqarmasi xabariga koʻra, odamlarning zaharlanishiga xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq sababchi boʻlgan. 15-avgust holatiga koʻra, ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi boʻlgani sababli uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli oʻrtacha. Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga esa 13 kishi shu tashxis bilan yotqizilgan. Ularning holati oʻrtacha ogʻir, muolajalar davom ettirilmoqda.

Latest from Blog