Olmaliqda 126 mln so‘m va 6700 dollarni qo‘lga kiritgan firibgar er-xotin qo‘lga olindi

Olmaliq shahrida 2015-yilning dekabr oyidan shu kunga qadar bir necha fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, moddiy manfaatdorlik evaziga ishlarini bitirib berishini aytib, firibgarlik qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB ma’lum qildi.

Chirchiq shahrida yashovchi vaqtincha ishsiz 1974-yilda tug‘ilgan Istam Ashirmetov va uning xotini, uy bekasi 1983-yilda tug‘ilgan Nurjan Nursultonova firibgarlik yo‘li bilan Olmaliq shahrida yashovchi uy bekasi 1976-yilda tug‘ilgan Aida Topilova, 1979-yilda tug‘ilgan Malika Shorahmedova, 1978-yilda tug‘ilgan Noriniso Hatamova va Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi uy bekasi 1987-yilda tug‘ilgan Oliya Raxmatovaning ishonchiga kirgan.

Eri-xotin yuqoridagi fuqarolardan “Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shahrida ularga meros bo‘lib qolgan dala hovlini rasmiylashtirish uchun”, deb aldab, ulardan 76 500 000 so‘m, 6700 AQSh dollari va qiymati 50 100 000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlari va uy jihozlarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Hozirda firibgarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog