Oliy va o‘rta maxsus ta’lim bo‘yicha aholining takliflari qabul qilinadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada jadallashtirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimi bo‘yicha taklif.edu.uz portali ishga tushirildi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, mazkur loyihani amalga oshirish taklifi joriy yilning fevral oyida vazirning axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Yusuf Absoatov qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashuvida yoshlar tomonidan ilgari surilgan edi.

Endilikda talabalar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari sohaga oid takliflarini oson usulda berishlari mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur portalda soha rivoji uchun bildirilgan takliflar vazirlik tizimining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha saralanadi hamda eng maqbullari amaliyotga joriy etiladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog