Oliy oʻquv yurtlarida Harakatlar strategiyasi xonalari ish boshladi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida ilk Harakatlar strategiyasi xonalari ochildi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: upl.uz

Harakatlar strategiyasi xonalarini ochishdan maqsad 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida yoshlarning oʻrnini oshirish, shuningdek oʻsib kelayotgan yosh avlodni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol jalb qilishdir.

Koʻngillilar Harakatlar strategiyasi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yoritish, soʻrovlar oʻtkazish orqali jamoatchilik fikrini oʻrganish, seminar va treninglar tashkil qilish, yoshlarni turli loyihalarda qatnashishga jalb qilish va boshqa ishlar bilan shugʻullanadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar