Oliy Majlis Senati aʼzosi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi, Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi, fidoyi jurnalist, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Xalq soʻzi nashri xabar berdi.

Sharap Usnatdinov

Maʼlumot uchun, Sharap Usnatdinov 1942-yil Kegeyli tumanida tugʻilgan. U Nuroniy jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi sifatida uzoq yillar mamlakat rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan.

Shuningdek, Usnatdinov Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Yozuvchi va jamoat arbobi oʻzbek xalqiga “Kimga kech, kimga tong sahar”, “Soʻnggi ovchi”, “Koʻrganlarim, koʻngildagilarim”, “Birinchi qoraqalpoq baletmeysteri”, “Shoirning yoshligi” kabi roman va qissalarini meros qilib qoldirdi.

Korrespondent.uz sayti jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog