Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi

25-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash hamda olimpiya sport turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Maʼlumotga koʻra, 24-iyun holatiga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi jami 101 ta litsenziya qoʻlga kiritilgan.

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari boshlangunga qadar olimpiya sport turlari boʻyicha qoʻshimcha kvotalar ajratish, paralimpiya sport turlari (paradzyudo, parapauerlifting, parasuzish, paraakademik eshkak eshish va boshqalar) boʻyicha qoʻshimcha 17 ta litsenziyani qoʻlga kiritish kutilmoqda.

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

  • oltin medal uchun — 200 000 AQSh dollari;
  • kumush medal uchun — 100 000 AQSh dollari;
  • bronza medal uchun — 50 000 AQSh dollari.

Qayd etilishicha, mazkur xarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun “Toshkent-Tokio-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha charter reyslari tashkil etiladi.

Latest from Blog