Olimlar koronavirusdan asraydigan oddiy buyumni topishdi

Xitoylik olimlarning tadqiqotiga koʻra, koʻzoynak taquvchi odamlarda koronavirus yuqtirish ehtimoli ancha past ekanligi aniqlandi. Bu haqda “JAMA Ophthalmology” jurnali xabar berdi.

moiglaza.ru

Maʼlumotlarga koʻra, tadqiqotni Nanchan universitetining Ikkinchi klinik shifoxonasi xodimlari olib borishgan. Olimlar koronavirus birinchi boʻlib egallaydigan ACE-2 retseptorlari aynan koʻzda joylashganini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi.
Koʻzoynak taqish koʻruv aʼzolarini COVID-19 qoʻzgʻatuvchilarining toʻgʻridan-toʻgʻri tushishidan himoya qiladi va shu yoʻl bilan virusni yuqtirish ehtimolini bir necha baravar kamaytiradi.
Tajriba chogʻida COVID-19 tashxisi qoʻyilgan 276 nafar bemor tekshiruvdan oʻtkazilgan. Ulardan 30 (10,9 foiz) nafari koʻzoynak taqadi. Shu bilan birga, bemorlardan hech qaysisi kontakt linzadan foydalanmagan va koʻrish qobiliyatini tuzatish bilan shugʻullanmagan. 16 kishi (5,8 foiz) kuniga sakkiz soatdan ortiq koʻzoynak taqishgan.
Shuningdek, tadqiqotchilar, Xubey provinsiyasida 7 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi va talabalar orasida bir necha oʻn yillar davomida yigʻilib kelgan maʼlumotlarni oʻrganishdi. Ular orasida 31,5 foizi koʻzoynak taqadi. Maqola chop etilgan paytda ular 42 – 57 yoshni qarshilab boʻlishgandi. Bu tekshirilgan koronavirus bemorlarining oʻrtacha yoshiga yaqin.
Olimlar COVID-19 bemorlari orasida koʻzoynak taquvchilar umumiy aholiga nisbatan 5,4 baravar kam uchraganini hisoblab chiqishdi.
“Biz shunday xulosaga keldik: uzoq vaqtdan beri har kuni koʻzoynak taquvchilar orasida koronavirus bemorlari nisbatan kam uchraydi. Bu koʻzoynakli odamlarning infeksiyani kamroq yuqtirishidan dalolat beradi”, – deyiladi maqolada.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog