Foto: Getty Images

Oksana Chusovitina yaxshi koʻrgan 5 ta kitob, sevimli bayrami, oʻzbek tili va hokazolar haqida (intervyu)

//

Siz gimnastika oʻsmirlar yoki yigirma yoshdagi sportchilar uchun ajratilgan sport turi deb oʻylashingiz mumkin.

Ammo sportning yozilmagan qoidalarini buzadigan bir sportchi bor: Oksana Aleksandrovna Chusovitina. 45 yoshli gimnastikachi Tokio-2020da sakkizinchi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib qaytdi.

Chusovitina 1975-yilda Oʻzbekistonda tugʻilgan va atigi 13 yil oʻtgach, oʻsmirlar oʻrtasidagi sobiq SSSR chempionatida gʻolib boʻlgan, oradan atigi bir yil oʻtgach, oliy martabali diplomni olgan.

1992-yilda u Barselonadagi birinchi Olimpiadasida ishtirok etdi va u yerda birlashgan jamoa tarkibida umumjamoa hisobida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ammo bu uning tugamaydigan hikoyasining boshlanishi edi.

Uning kubok kabinetida hozircha ikkita Olimpiada medallari (1992-yilgi “Barselona” da oltin va Pekin -2008da sakrashda kumush), 11 ta Jahon chempionatining medallari (uchta oltin, toʻrtta kumush va toʻrtta bronza), ikkita Jahon chempionatining medallari (bitta oltin, bitta bronza), sakkizta Osiyo oʻyinlari, toʻrtta Osiyo chempionati va toʻrtta Yevropa chempionatining medallari bor.

U – Afsona! U chindan ham buyuk! Dunyo sporti tarixidagi eng nufuzli musobaqa – Olimpiada oʻyinlarining mutlaq rekordchisi! Chunki tarixi yuz yildan oshgan bu oʻyinda hech kim u kabi sakkiz marta (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) ishtirok etolmagan. U nafaqat ishtirok etgan, gʻalaba qozongan! Buyuklar bilan suhbat esa hammamiz uchun qiziq! Yengilmas matonat ortidagi begʻubor yurak soʻzlariga quloq tuting-a… Buyuklik avvalo, samimiyatda ekaniga amin boʻlasiz! Interfax.uz sportchining Facebook sahifasi orqali muxlislarining savollariga bergan javoblarini qogʻozga tushirdi.

Oksana 11
Suratlar mualliflari: DAVID MADISON, THOMAS COEX, ALBERTO MARTIN, STEPHEN DUNN
Eng sevimli bayramingiz?

Eng sevimli bayramim — Yangi yil. Bolaligimdan bu bayramni yaxshi koʻraman.

Mamlakatimizda gimnastika turlarining rivojlanish darajasini 0 dan 100 foizgacha baholasangiz.

Hozirgi vaqtda, agar biz bu sportning uchta turini olsak, badiiy gimnastika boʻyicha erkaklar va ayollar Olimpiadaga kirgan, qolganlari esa umuman koʻrinmaydi. Menimcha, taxminan 50 foiz.

Eʼtiqodlimisiz?

Eʼtiqodli boʻlish yoki boʻlmaslik har bir insonning shaxsiy tanlovi. Har bir kishi yuragi bilan ish tutadi. Shuni aytishim mumkinki, men har bir chiqishlarimdan oldin xudoga iltijo qilaman.

Talant yoki pul?

Juda qiziq savol. Men albatta talantni tanlayman. Pulni ishlab topish mumkin. Bilasizmi, talant bilan ham ishlash kerak. Negaki, talantli insonlar hayotda juda dangasa boʻladi.

Kuchingiz nimada?

Ishonchimda. Oʻzingizga ishoning! Oʻz ustozingiz yoki oʻquvchilaringizga ishoning! Eng qiyin paytlarda ham hamisha ularning yonida boʻling. Kuch — qoʻllab-quvvatlash va doʻstlikda.

Konsertlarga borishni yaxshi koʻrasizmi?

Soʻnggi vaqtlarda mashgʻulotlar bilan band boʻlganim sabab, konsertlarga deyarli tusha olmadim. Lekin, baletni va musiqani juda yaxshi koʻraman. Imkon topishim bilan albatta konsertga borish niyatidaman.

5 ta sevimli kitobingiz?

Beshta sevimli kitobim? Boshlayman. Bular: Algebra, adabiyot, Bukvar, matematika va sheʼrlar toʻplami.

Yosh sportchilarga maslahatingiz?

Sport bilan shugʻullanayotgan yoshlarga hech qachon ortga chekinmasliklarini, faqatgina oldinga intilishlarini, oʻz maqsadlariga erishishlarini va oʻz-oʻzi bilan kurashishlari kerakligini aytgan boʻlardim. Shunda hammasi koʻngildagidek boʻladi.

Olimpiadaning ochilish marosimida sizdan mamlakat bayrogʻini olib qoʻyishganidan xafa boʻlganingiz haqida mish-mishlar tarqaldi.

Bu mish-mish emas edi.

Oksana 12
Foto: Getty Images
Choy yoki qahva?

Ertalab albatta qahva. Boshqa payt esa choyning turli navlarini jonim bilan ichaman.

Introvertmisiz yoki ekstrovertmi?

Menimcha ekstrovertman. Toʻgʻrisini aytsam hech oʻylab koʻrmagan ekanman.

Qanday kiyinish uslubi sizga yoqadi?

Menga ustimda “eng qulay turadigan” kiyinish uslubi yoqadi. Agar nimadir kiyish majburiy boʻlsa, sport kiyimlarini maʼqul koʻraman.

Siz juda ilhomlantirasiz. Juda mehribon, quvnoq, hamdard insonsiz. Omad sizga!

Katta rahmat. Buni eshitganimdan juda xursandman. Barchangizni ilhomlantirishda davom etishga harakat qilaman.

Nemis tilini bilasizmi?

Ha.

Nima uchun bizda musobaqalarda ishtirok etish pullik? Hatto murabbiyning turar joyi va sayohati ham.

Afsuski bu savolga menga tegishli emas.

Irina Viner haqida qanday fikrdasiz?

U buyuk murabbiy. Men uning hammadan birinchi boʻlishga intilishidan va mehnatkashligidan hayratlanaman.

Biz sizdan juda xavotirda edik. Ammo hech narsa qila olmadik.

Katta rahmat. Qoʻllab quvvatlashingizni menga katta yordam berdi.

Oʻgʻlingiz yaxshimi? Uning sogʻligʻi bilan muammolar boʻlgan edi.

Rahmat, oʻgʻlim yaxshi.

Oksana 5
Oksana va Alisher Chusovitina. 2016-yil. Foto: Olympics
Yaqinda sizni shahar koʻchalarida koʻrgan edim. Lekin suratga tushishga ulgurmay qoldim.

Biz albatta yana koʻrishamiz va suratga ham tushamiz.

Sizga Rossiya yoqadimi?

Rossiyaga qishda yangi yil bayramida borishni yaxshi koʻraman.

Salom! Sizning maktabingizga qaday yozilish mumkin?

Klub ochilishi bilan “Hush kelibsiz!”, deyman.

Qaysi tarixiy shaxs bilan muloqot qilishni istardingiz?

Pytor I bilan.

Sizni nima bilan xursand qilish mumkin?

Har qanday mayda chuyda bilan.

Yaxshi koʻrgan rangingiz?

Yorqin ranglarni yaxshi koʻraman.

Oʻzbek tilini oʻrganishni istaysizmi?

Juda juda.

Yoqtirgan faslingiz.

Yoz.

Siz oʻqigan vaqtda Respublika olimpiya zaxiralari maktabi direktori kim edi?

Giyazov Erkin Abbosovich.

Latest from Blog