Oksana Chusovitina Kiyevda oltin medalni qoʻlga kiritdi

Ukrainaning Kiyev shahrida sport gimnastikasi boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazilmoqda. Biroz avval musobaqaning ayollar oʻrtasida tayanib sakrash yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlari nomi maʼlum boʻldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Foto: Profile.ru

Unda sportchimiz Oksana Chusovitina ham oʻz ishtiroki bilan yurtimiz sharafini himoya qilishi koʻzda tutilgan edi. Chusovitina kecha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi va bugun final bosqichida ham oʻzining betakror chiqishi bilan yana bir bor oltin medalga sazovor boʻldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog