Foto: CNN

Oksana Chusovitina Jahon kubogida yana bir gʻalabaga erishdi

Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Tokio-2020 litsensiati kutilganidek, tayanib sakrash yoʻnalishida ishtirok etdi. Uning ijrosida amalga oshirilgan mashqlar hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori bahoga loyiq koʻrildi va afsonaviy sportchimiz oltin medalga sazovor boʻldi. Taʼkidlash joiz, bu musobaqa sportchimiz uchun boʻlajak Olimpiada oldidan oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Unda qoʻlga kiritilgan oltin medal esa Chusovitinaning kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshishi, shubhasiz.

Jahon kubogi, Doxa.

Tayanib sakrash, ayollar:

1. Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 14.066

2. Devilar Kolin (Fransiya) – 13.966

3. Taman Nensi (Misr) – 13.366

Latest from Blog