Odnoklassnikida nashrlar oʻqilish soni hisoblagichlari paydo boʻldi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻida foydalanuvchilar shaxsiy postlarining necha marotaba oʻqilganligi sonini koʻrish imkoni paydo boʻldi, deb xabar qildi Odnoklassniki matbuot xizmati.

Foto: kp.ru

Hisoblagich har bir nashr etilgan post tepasida joylashgan va uni faqat post muallifi koʻra oladi. Bir oz avval OK guruhlardagi mavzularning oʻqilishi hisoblagichlarini ishga tushirgan va ularni faqat guruh maʼmuriyati koʻra olar edi.

«Baʼzan guruh maʼmuriyatiga ham, oddiy foydalanuvchilarga ham «klass»lar va sharhlar soni yetarli boʻlmaydi. Shu sababli, biz, mualliflarga auditoriyaning qiziqishiga baho berish va kontent ustida ish olib borishga yordam berishga qaratilgan, yana bir — oʻqilishlar soni koʻrsatkichini kiritdik. Biz, sunʼiy tarzda oʻqishlar sonini oshirish va bir odam tomonidan bir necha marotaba oʻqishini toʻgʻri hisoblash uchun maxsus algoritmdan foydalanamiz» — dedi Odnoklassniki loyihasining «Guruhlar» yoʻnalishi rahbari Sergey Stavskiy.

Oʻqilishlar soni hisoblagichlari ijtimoiy tarmoqning faqatgina veb koʻrinishida mavjud. Keyinroq ular OKning iOS va Android ilovalariga ham qoʻshiladi. Ammo shunga qaramay koʻrsatkichlar hisoblanayotganda barcha platformalarning koʻrsatkichlari hisobga olinadi.

Foto: Ok matbuot xizmati

 

Foydalanuvchilarning postlarida faqatgina oʻqilish soni koʻrsatiladi, guruhlar mavzularida esa hisoblagich tugmasiga bosilganida yangi oynada oʻqilish soni, foydalanuvchilar qamrovi va boshqa statistik maʼlumotlar ochiladi.

Latest from Blog