«Odnoklassniki» o‘yinlarda videoreklamani ishga tushirmoqda

«Odnoklassniki»o‘yinlar dasturchilari uchun yangi monetizatsiya asbobini taqdim etdilar. O‘yinlarda midrollar, ya’ni o‘yin ichida ko‘rsatiladigan 5-30 soniyalik reklama roliklari paydo bo‘ladi. Reklama roligin ko‘rgani uchun foydalanuvchi turli xil o‘yin bonuslariga ega bo‘ladi, dasturchilar esa reklama ko‘rsatish orqali daromd qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Foto: University of Arizona

OKda (shu jumladan o‘yinlarda ham) muntazam ravishda to‘lovlarni amalga oshiruvchi foydalanuvchilarga reklama roliklari ko‘rsatilmaydi. Dasturchilar reklama tugmalarini yaratishdan avval API orqali o‘yin auditoriyasi uchun qiziqarli bo‘ladigan reklama OKda mavjudligiga ishonch hosil qilishlari mumkin bo‘ladi.

«Reklama roliklari barcha dasturchilarga videoreklama namoyishi orqali daromad qilish imkoniyatini beradi. Hisob-kitob juda oddiy har 1000 namoyish uchun dasturchiga 50 rubl to‘lanadi. Yaqingacha Odnoklassnikida o‘yinlar asosan o‘yinlar ichidagi xaridlar in-applar orqali olinar edi. Biroq shaxsiy xabarlardagi o‘yinlar kabi ilovalarda monetizatsiyani amalga oshirish juda qiyin edi. Bu o‘yinlar OK foydalanuvchilari uchun juda qiziq va har oy bittadan yangi o‘yinni ishga tushirmoqdamiz. Reklama bilan biz ko‘proq dasturchilarni va ularning qiziq o‘yinlarini jalb eta olamiz» – deydi Odnoklassniki loyihasining o‘yinlar yo‘nalishi rahbari Artur Shakalis.

Midrollar ishga tushirilishi natijalariga ko‘ra Odnoklassniki o‘yinlarda boshqa videoreklama turlarini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Bugungi kunda Odnoklassnikida 25,5 million o‘yinchilar bor. O‘yin o‘ynovchi mobil ilova auditoriyasi katta sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. 2016-yilda o‘yin o‘ynovchi foydalanuvchilarning sonining o‘sishi iOSda 59%ni, Android esa 50% tashkil qildi.

Latest from Blog