Nurmat Otabekov. Foto: O‘zA

Odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun kasallar soni ko‘paytirib ko‘rsatilayotgani yo‘q — Nurmat Otabekov

/

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni ortgani xaqidagi ko‘rsatkichlar «vaksinatsiyaga undash ekani» haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

«Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo‘rttirib ko‘rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo‘q. Kasallik bolalar orasida ko‘payyapti, biz esa 18 yoshdan yuqorilarni emlashni rejalashtiryapmiz», — dedi u.

U karantin cheklovlari qayta tiklanishining sabablari haqida ham gapirgan.

«Karantin cheklovlariga kelsak, bunday bo‘lishiga o‘zimiz sababchimiz. Chunki niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish, masofa saqlash qoidalarini unutib qo‘ydik. Biz haddan ortiq xotirjamlikka berilib ketdik, mana shu holat vaziyat jiddiylashuviga sabab bo‘lyapti», — deya qo‘shimcha qildi Otabekov.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev esa vaksinatsiya paytida nojo‘ya ta’sirlardan sug‘urtalash masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

«Vaksinani emlashdan keyin nojo‘ya ta’siri bo‘lishi mumkin va bu ta’sir aniqlangan bo‘lsa, fuqaro tomonidan SSVga murojaat beriladi. SSV o‘z navbatida, haqiqatdan ham bu nojo‘ya ta’sir vaksinadanmi yoki boshqa sabablari bo‘lganmi o‘rganadi. Shunga qarab tegishli hulosa qilinadi», — dedi u.

Agar nojo‘ya ta’sir bo‘lsa, birinchi navbatda shoshilinch va tez tibbiy yordamni sog‘liqni saqlash tizimi ko‘rsatishi aytib o‘tildi.

«Nojo‘ya bo‘lgan ta’sirlarni yo‘q qilish maqsadida barcha yordam ko‘rsatiladi. Lekin bu yerda zararni unidirish masalalari bo‘lishi mumkin. Bunda sudga murojaat qilib sud orqali tegishli ishlar amalga oshiriladi. Ihtiyoriy sug‘urtamiz bor, uni qilsa bo‘ladi. Lekin majburiy sug‘urta hozircha bizda yo‘q», — deya ma’lum qildi Bahodir Yusupaliyev.

Latest from Blog