Obama sog‘liqni saqlash islohotini bekor qilmaslikni so‘radi


AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Bostonda qilgan nutqida kongressmenlardan siyosiy jasorat ko‘rsatib, uning sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotini bekor qilmasliklarini so‘radi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Sobiq prezidentning fikricha, “Obamacare” uning ikki prezidentlik davridagi eng muhim yutuqlaridan hisoblanadi.

“Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, kongress a’zolaridan katta jasorat qilmasa kerak deb o‘ylayman”, – dedi Obama nutqida.

Avvalroq AQSh vakillar palatasi sog‘liqni saqlash islohotini bekor qilishga ovoz berishgan edi.

Latest from Blog