Obama AQSh prezidentligidan ketganidan buyon birinchi bor chiqish qildi

Barak Obama dushanba, 24-aprel kuni AQSh prezidenti lavozimini tark etganidan buyon ilk bor omma oldida chiqish qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Chikago universiteti yoshlari oldida nutq so‘zlagan sobiq prezident bunday keyin yosh avlod bilan ishlash niyatida ekanligini ma’lum qiligan. “Mening qo‘limdan keladigan eng asosiysi – bu yosh liderlarni o‘zgarayotgan dunyoda estafeta tayoqchasini qo‘lga kiritishlariga yordam berish”, – dedi Obama.

Xabarda 44-AQSh prezidentining ayni vaqtdagi mamlakat prezidenti Donald Tramp haqida bir og‘iz ham gapirmagani aytiladi.

Mart oyining oxirlarida Barak Obamaning Tetiaroa orollarida xotiralar kitobini yozish uchun jo‘nab ketgani xabar qilingan edi. The Washington Post’ning ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlik lavozimidan ketganidan so‘ng Barak Obama Karib, Gavayi orollarida va Kaliyorniyaning Palm-Springs shahrida dam olgan.

Latest from Blog