OAVda tarqatiladigan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yiladi

Endilikda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yiladi. Ya’ni ma’lum bir axborotlar televideniye, internet nashrlar va boshqa axborot kanallari orqali “0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+” yozuvlari bilan tarqatiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Pixabay

Deputatning qayd etishicha, Qonunchilik palatasida «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur loyiha bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish va ularning takliflarini olish maqsadida joylarda muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar