OAV: Rustam Azimov “Oʻzbekinvest” kompaniyasiga rahbar etib tayinlandi

Rustam Azimov “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga rahbar etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda oʻzbek OAVsi.

Foto: Sputnik Узбекистан

Kompaniya matbuot-xizmati ushbu xabarni inkor etmadi, balki sal kechroq bu haqda batafsil maʼlumot berishini maʼlum qildi.

Ilgariroq shu vaqtgacha Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Azimov oʻz lavozimidan ozod etilgani haqida xabar qilgan edik. Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekinvest” kompaniyasiga 2005-yil 28-sentyabrdan beri Faxriddin Saidahmedov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Latest from Blog