Foto: Obama White House Archives

OAV Oq uyning noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishni tezlashtirish rejalari haqida maʼlum qildi

/

AQSh prezidenti Jo Bayden AQSh hukumatiga chegarani noqonuniy kesib oʻtgan oilalarni tezda deportatsiya qilishga imkon beradigan immigratsiya siyosatini qaytarishni oʻylamoqda, deb xabar bermoqda Axios manbalariga tayanib.

Xabarga koʻra, ushbu hafta AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi muhojirlarni tezkor deportatsiya qilish masalasini oʻrganishi kerak. Qayd etilishicha, Oq uyning baʼzi maslahatchilari ushbu vositani potensial noqonuniy chegaralarni buzuvchilarni oldini olish usuli sifatida tavsiya qilishadi.

AQSh maʼmuriyati vakili “yakuniy qarorlar qabul qilinmaganini” aytdi.

“Har doim adolatli va tartibli immigratsiya tizimini yaratishning turli xil variantlari koʻrib chiqilmoqda”, deb taʼkidladi suhbatdosh.

Portal 1996-yilda yaratilgan ushbu vositani tezkor ravishda olib tashlash, baʼzi muhojirlarni toʻliq va uzoq sud jarayonisiz deportatsiya qilishni osonlashtirganini eslaydi.

Latest from Blog