OʻzMU Janubiy Koreya hamkorligida raqamli maʼlumotlar boshqaruviga oid anjuman oʻtkazmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Bigdata Research Institute bilan hamkorlikda 2017-yil 15-17-avgustda Big Data Applications and Services (BIGDAS 2017) (Ma’lumotlar ombori ilovasini tashkillashtirish va xizmat ko‘rsatish) deb nomlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad – innovatsion yechimlar topish, akademik va industrial o‘zaro ta’sirni takomillashtirish, yirik ma’lumotlar ombori yuzasidan izlanishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va umumjahon raqamli axborotini boshqarish.

Konferensiyada O‘zbekiston Milliy universitetining olimlari va iqtidorli talabalari bilan bir qatorda Toshkentdagi INHA universiteti, TATU, Vestminster universiteti, Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsatsiyasi, Chungbuk universiteti, Bigdata ilmiy-tadqiqot instituti, AJOU universitetining tadqiqot va rivojlanish Markazi, Janubiy Koreyaning Kyo‘ngxi universiteti, Xavfsizlik tadqiqotlari milliy instituti, Janubiy Koreya elektronika va telekommunikatsiya tadqiqot instituti, Kyungpuk Milliy universiteti, Sok Muyung xotin-qizlar universiteti, Kangvon Milliy universiteti, Bangladesh axborot texnologiyalari va ilm-fan universiteti, Janubiy Koreya Kungmin universiteti vakillari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Polsha, Xitoy va boshqa davlatlar olimlari ham ishtirok etadilar. Xorijiy ishtirokchilarning umumiy soni – 70 kishi.

Konferentsiya doirasida zamonaviy IKT va kompyuter texnologiyalarining  ilmiy-amaliy aspektlari va dolzarb muammmolari yuzasidan fikr almashinadi. Konferentsiyada quyidagi mavzular kengroq o‘rganilishi rejalashtirilgan: Konferentsiya doirasida zamonaviy IKT va kompyuter texnologiyalarining  ilmiy-amaliy aspektlari va dolzarb muammmolari yuzasidan fikr almashinadi.

Konferentsiyada quyidagi mavzular kengroq o‘rganilishi rejalashtirilgan:

  • Ma’lumotlar bazasining modeli va algoritmlari;
  • ma’lumotlar bazasi ilovalari va arxitektura;
  • ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
  • ma’lumotlar bazasining axborot xavsizligi;
  • ma’lumotlar bazasini vizuallashtirish;
  • ijtimoiy tarmoqlar tahlili;
  • ma’lumotlar bazasi va elektron hukumat;
  • ma’lumotlar bazasidan sanoatda foydalanish;
  • biznesdagi ma’lumotlar bazasining roli.

Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar va davra suhbati, o‘qituvchilarning malakasini oshirish kurslarida yetakchi xorij olimlarining  ma’ruzalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar