Oʻzbekistonliklar Navalniyga munosib javob qaytarishdi

Oʻzbekistonliklar Navalniyning Kseniya Sobchakka bergan intervyusida bu yerda hech kim Pushkinni tanimaydi degan soʻzlariga javob qaytarishdi, deya xabar bermoqda Lifenews.

Foto: ГосИндекс

“Feysbuk”dagi oʻzbek guruhida oʻzbekistonliklar mashhur rus shoirining ijodi bilan hamma — kattayu kichik tanish ekanligini isbotlovchi videoyozuvlar joylashtirildi.

Aksiyaning eng yosh ishtirokchilari Pushkinning mashhur sheʼrlarini yoddan oʻqib berishdi, katta yoshlilar esa Navalniy va Sobchakni Oʻzbekistonga kelishga va oʻz bilimsizliklarini hammaga namoyish etmaslikka chaqirishdi.

Toshekent shahridagi qahvaxoalardan biri esa, Pushkinning she’rini yoddan aytib bergan xo‘randalarga bepul qahva taklif qilmoqda.

Videoyozuv mualliflaridan biri Toshkentda Pushkin koʻchasi, Pushkin maydoni, shoirga atab qoʻyilgan haykal, uning nomi bilan ataluvchi metro bekati borligini eslatib qoʻydi.

— Sizlarning suhbatingizdan tushunishimcha, Kseniya, Qozonga yetib kelganingizdan soʻng siz uchun dunyo tugaydi. Siz nohaqsiz. Aleksey Navalniy, Oʻzbekistonda Pushkinni bilishmaydi, deganingiz uchun siz ham nohaqsiz, — deydi foydalanuvchi.

— Keling, mehmon boʻling, odamlar qanday yashayotganligini koʻring, madaniyatimiz bilan tanishing, maʼnaviy olamingizni sal boʻlsa ham boyiting. Oʻzbekistonda Pushkinni bilishmaydi deya oʻz savodsizligingizni koʻz-koʻz qilmang. Biz Pushkinni ham, Blokni ham, Yesenin va Mayakovskiyni ham, Lermontov va Griboyedovni, Gogolni ham, hammani bilamiz. Sizlar esa biz haqimizda hech narsani bilmasliklaringizni isbotladingiz, — deydi muallif murojaati soʻngida.

Eslatib oʻtamiz, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy “Dojd” telekanalida Kseniya Sobchak bilan suhbatida oʻzbekistonliklar Pushkinni tanimasliklarini iddao qilgan edi.

Latest from Blog