Oʻzbekistonlik yoshlar Orolga ilmiy ekspeditsiyaga yoʻl oldilar

Oʻzbekistonlik yoshlar Orolga ilmiy ekspeditsiyaga yoʻl oldilar.

Foto: STENA

Orolga safar «Taraqqiyot strategiyasi» va respublika Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkillatirilgan.

25 nafar yosh olimlar Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida oʻz tadqiqotlarini olib boradilar.Yoshlar uch jamoaga boʻlinadi. Birinchi guruh mintaqaning oʻziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan oʻrgansa, ikkinchi guruh turistik marshrutlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi, tarkibida jurnalistlar va blogerlar boʻlgan uchinchi guruh esa safar haqida oʻz foto va videohisobotlarini tayyorlaydilar.

Ekspeditsiya yakuni boʻyicha tabiatga yetkazilayotgan zararni minimallashtirish boʻyicha qator takliflar bildirilib, hujjatli film yaratilishi kutilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar