Oʻzbekistonga yoʻl olgan TALGO-250 poyezdi Sankt-Peterburgga yetib keldi


“Sankt-Peterburg dengiz porti” mutaxassislari Ispaniyadan Oʻzbekistonga yoʻl olgan TALGO-250 poyezdini paromdan temir yoʻl platformasiga yuklashdi. Bu haqda Sputnik nashri xabar qilmoqda.

Qimmatbaho yuk FINNLINES paromida Ispaniyaning Bilbao portidan Sankt-Peterburgga yetib kelgan. Poyezdning umumiy uzunligi 183 metr, umumiy ogʻirligi 305 tonna. Poyezd har biri 67 tonna keladigan 2 lokomotiv va 11 vagondan iborat. Vagonlar ogʻirligi 14-18 tonnani tashkil qiladi.

Bojxona amaliyotlaridan keyin poyezd Rossiya temir yoʻllari orqali Oʻzbekistonga yetkizib beriladi. Bu Rossiya orqali olib oʻtilayotgan toʻrtinchi TALGO poyezdidir. Birinchi ikki poyezd 2011-yilda olib kelingan edi. Uchinchi poyezd esa ushbu yilning fevralida olib oʻtilgan.

Latest from Blog