Oʻzbekistonga Shveytsariya Milliy banki raisi keldi

Shveytsariya Milliy banki boshqaruvchilar Kengashining raisi Tomas Jordan iqtisodiy hamkorlik doirasida Toshkentga tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Swissimmigration

Delegatsiya aʼzolari Markaziy bankka tashrifi chogʻida Oʻzbekistondagi makroiqtisodiy vaziyat va bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan investitsiya muhitini yanada yaxshilash, bank tizimining barqarorligini taʼminlashdagi chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

Muzokaralar chogʻida mehmon Oʻzbekistonning pul-kredit, valyuta siyosatini liberallashtirish borasida koʻrilayotgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Janob Jordan Oʻzbekiston banklari uyushmasida Markaziy bank xodimlari va tijorat banklari rahbarlari uchun «Iqtisodiy shart-sharoitlar va Shveytsariya monetar siyosati» mavzuida taqdimot marosimini oʻtkazdi.

Mehmonlar shuningdek, Oliy Majlis Senati rahbariyati va hukumat aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Tashrif dasturida mehmonlarning qadimiy Buxoroga sayohati ham rejalashtirilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar