Oʻzbekistonga Jahon bankining mintaqaviy direktori tashrif buyurdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukni qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Pakistan Today

Xabarda aytilishicha, Liliya Burunchuk ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish uchun nufuzli delegatsiya rahbari sifatida Toshkent shahriga keldi.

TIVda boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Jahon banki guruhi oʻrtasidagi sherikchilik istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bu Liliya Burunchukning Oʻzbekistonga shu yilning oʻzidagi toʻrtinchi tashrifidir. Avvalroq Jahon banki delegatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan tanishish maqsadida Orolboʻyiga tashrif buyurgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar