Oʻzbekistonga Afgʻoniston prezidenti boshchiligidagi rasmiy delegatsiya keladi

1 daqiqada oʻqiladi

Joriy yilning 15-oktabr kuni Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani boshchiligidagi delagatsiya rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi, deya xabar bermqoda telegraf.uz nashri.

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, tashrif mobaynida ikki davlat oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy shartnoma va kelishuvlar, shuningdek, boshqa masalalar haqidagi hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan. Xususan, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilinishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida Afgʻoniston borasida ham alohida toʻxtalib oʻtdi.

“Aminmizki, Afgʻonistonda tinchlikka erishishning yagona yoʻli — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar oʻrtasida oldindan hech qanday shart qoʻymasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot olib borishdir. Muzokaralar afgʻonistonliklarning oʻzlari hal qiluvchi oʻrin tutadigan holda, Afgʻoniston hududida va BMT shafeligida oʻtishi lozim. Donishmand afgʻon xalqi oʻz taqdirini oʻzi mustaqil hal qilishga haqlidir”, dedi Oʻzbekiston rahbari.

Latest from Blog