Oʻzbekistondagi ilk kosmetika zavodi ishga tushdi


Navoiy erkin sanoat-iqtisodiy hududida kosmetika mahsulotlari zavodi ishga tushdi, deb xabar bermoqda nuz.uz. Quvvati yiliga 3 million birlikka teng zavodda La Core brendi ostida Koreya texnologiyalaridan foydalanib, 200 dan ortiq kosmetika turlari ishlab chiqariladi.

Navoiy Beauty Cosmetics kompaniyasi Koreya kosmetika ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi va ushbu mamlakatning yetakchi CNP Dream kompaniyalar guruhi qoʻllab-quvvatlashi ostida tashkil etilgan. Kompaniya katalogida yuz, tana va soch uchun kosmetik vositalar, parfyumeriya taqdim etilgan.

“La Core” kompaniyasi bosh direktori Gulbahor Yoʻldoshevaning aytishicha, zavodda 50ga yaqin kishi mehnat qiladi, ular orasida Janubiy Koreyalik mutaxassislar ham bor. Ular barcha texnologik jarayon va tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilib turishadi.

Xabarda aytilishicha, zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nisbatan arzon boʻlib, chakana savdoga hozircha chiqarilmagan. Uning mahsulotlarini kompaniyaning rasmiy dilerlaridan sotib olishi mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog