Oʻzbekistonda Yaponiyaga ishga ketayotganlar uchun oʻqitish markazi ochildi

2017-yil 12-sentabrda Yaponiyada mehnat faoliyatini amalga oshiradigan fuqarolarni ketish oldidan moslashtirish va oʻqitish Markazining ochilish marosimi oʻtkazildi, deb xabar qilindi Mehnat vazirligi rasmiy saytida.

Foto: New World Economics

«Mazkur taʼlim maskani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-apreldagi 303-F Farmoyishi ijrosini taʼminlash asnosida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiradigan fuqarolarimizning faoliyatini tashkillashtirish maqsadida barpo etilgan», — deb taʼkidlangan xabarda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni izchil kengaytirmoqda. Bugun Oʻzbekiston Koreya Respublikasi bilan bir qatorda Rossiya, Polsha, Yaponiya davlatlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻygan. Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari,Ummon Sultonligi, Qozogʻiston singari qator davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.Xabarda taʼkidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi oʻzbek fuqarolarini Yaponiyada mehnat faoliyatini yuritishi sohasida hamkorlik qilish uchun faol ish olib borgan. Natijada dastlabki qadam sifatida 2016-yilning 14-mayida Agentlik va Uno korporatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Qaydnoma imzolangan.

Muzokaralar natijasida Yaponiyaning GRANATJapanCo., Ltd., MarukoFoodCo., Ltd., IIDASangyoCo., Ltd., SAIKONTAN Farm, EastSunCo., Ltd va TakeruCo., Ltd kabi qator kompaniyalarida ishlash uchun oʻzbek stajyorlari tanlab olingan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar