Oʻzbekistonda yapon harbiy asirlari haqida kino suratga olinadi

“Oʻzbekkino” Milliy agentligida Yaponiyaning delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar  qilmoqda agentlik axborot xizmati.

Foto: uzbekkino.uz

Uchrashuvda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Atabek Musayev, Yaponiya Vazirlar turizmni rivojlantirish va targʻib qilish boʻyicha maslahatchisi, «JTB» korporatsiyasi menedjeri Kazunori Koseki, “Loaded films Co. Ltd.,” prodyusserlik kompaniyasi prezidenti Eiko Mizuno va prodyusser Djeyson Edvard Greyemlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv ishtirokchilari oʻzbek va yapon kinoijodkorlari hamkorligida urushdan keyingi yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan yapon harbiy asirlari haqidagi hikoyalar badiiy film senariysi uchun asos boʻlishi mumkinligi aytildi. Bu borada Yaponiya tomonidan taklif qilingan film sinopsisi koʻrib chiqilib, mazkur loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kelishib olindi.

Eslatib oʻtamiz, 1945-1950-yillarda Oʻzbekiston hududida 23 mingga yaqin asirga olingan yapon harbiylari boʻlgan.  Ularning bevosita ishtirokida Navoiy va Muqimiy teatrlari, Toʻqimachilik kombinati, Markaziy telegraf binosi, Farxod GESi va boshqa binolar qurilgan.

Oʻsha ogʻir yillarda 817 nafar yapon harbiylari Oʻzbekiston hududida vafot egan. Ularning qabrlari Fargʻona va Toshkent viloyatlarida saqlanib qolgan. Ularning qarindoshlari haligacha oʻsha qabrlarni ziyorat qilgani kelib turishadi.

Latest from Blog