Oʻzbekistonda xorij diplomlari imtihonsiz tan olinadigan boʻldi


Xorijiy davlatlarning oliy oʻquv yurtlarini bitirganlar oʻz diplomlarini taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash imkoniga ega boʻldilar.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston LEX.UZ portaliga tayanib.

Hujjatga muvofiq, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash quyidagi hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalari asosida xorijiy davlatlarda taʼlim olgan;

Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning OTMlarida taʼlim olgan;

mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq tasarrufida OTMlar boʻlgan vazirlik va idoralarning yoʻllanmalari asosida taʼlim olgan;

xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlari reytingida birinchi 500 talik roʻyxatiga kiritilgan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda DTMning qoʻshma qarori bilan har yili roʻyxati tasdiqlanadigan OTMlarda taʼlim olgan bitiruvchilarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari.

Xorijiy davlatlarning umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarning toʻliq oʻrta (toʻliqsiz oʻrta, oʻrta) maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Latest from Blog