Oʻzbekistonda xonadon va restoranlarda bitiruv oqshomlari oʻtkazish taqiqlandi

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligining buyrugʻiga koʻra, oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan pul yigʻish, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilarga turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etish, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalarda va banket yoki boshqa marosimlar) oʻtkazish taqiqlanadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi saytida joylashtirilgan press-relizda maʼlum qilingan.

Foto: 2016-god.com

Unga koʻra, Xalq taʼlimi vazirligining «Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2016-2017-oʻquv yilini yakunlash va «Xayr maktab — salom kollej» tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi buyrugʻiga muvofiq shu yilning 25-may kuni respublikadagi barcha umumtaʼlim maktablarida «Xayr, maktab — salom, kollej!» tadbirlari koʻtarinki ruhda tashkil etiladi.

Tadbirlarda mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari, faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, maktabning sobiq bitiruvchilari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etib, oʻquvchilarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda jonli muloqotlar tashkil etiladi.

Tadbirlar gigiyena va tozalik talablari, yongʻin va texnik xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda oʻtkazilishi shart

Vazirlikning yuqoridagi buyrugʻi bilan «Xayr maktab — salom kollej» tadbirlarini, shuningdek, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan pul mablagʻlarini yigʻish, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilarga turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etish, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalarda va banket yoki boshqa marosimlar) oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.

Vazirlikning maʼlum qilishicha, Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 9680 ta umumtaʼlim maktabi, 4893 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 211 ta «Barkamol avlod» bolalar markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar