Oʻzbekistonda termitlarga qarshi kurash olib borilyapti

Favqulodda vaziyatlar vazirligi joylarda zararli termitlarga qarshi kurashish va zararini kamaytirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirmoqda, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

2017-yilning 14 – 21-iyul kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlarida mutasaddi xizmatlar hamkorligida aholi xonadonlarining termit bilan zararlanganlik holatini oʻrganish, zararlangan xonadonlarga zaharli yem-xoʻraklar oʻrnatish, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va madaniy meʼros obyektlarida termit tarqalishining oldini olish hamda zararini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida 589 ta aholi xonadonlari va 58 ta iqtisodiy-ijtimoiy, 11 ta madaniy va tarixiy obyektlarda kimyoviy ishlov berish ishlari olib borilib, 1257 ta zaharli yem-xoʻraklar oʻrnatildi, 11430 m2 termit tarqalgan dala va maydonlarda zararsizlantirish ishlari amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida mutasaddi xizmatlar tomonidan ikki mingdan ortiq fuqarolar ishtirokida 78 marotaba davra suhbatlari oʻtkazilib, 600 dan ortiq eslatmalar tarqatildi.

Bundan tashqari, mahalliy ommaviy axborot vositalarida mazkur yoʻnalishdagi tadbirlarni oʻzida aks ettiruvchi 11 marotaba maqolalar chop etilib, mahalliy teleradiokompaniyalar orqali 9 ta koʻrsatuvlar hamda 11 ta radioeshittirishlar namoyish etildi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hududlarda termit bilan zararlangan aholi turar-joylari, madaniy-tarixiy obidalar, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni xatlovdan oʻtkazish, ularga kimyoviy ishlov berish hamda aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish tadbirlari davom ettirilmoqda.

Fanda termitlarning 2800 turi maʼlum boʻlib, ulardan 120 turi zararkunanda hisoblanadi. Termitlar oʻsimliklar va yogʻochning tarkibini tashkil etuvchi tsellyulyoza bilan oziqlanishga moslashgan, shu sababli, aholi turar joylari, ijtimoiy obyektlar va tarixiy obidalarga katta zarar yetkazadi.

Tarixda termitlarning zararli taʼsiri natijasida ayrim aholi punktlari, hatto, shaharlarni koʻchirishga majbur boʻlishgani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.

Termitlarning yashirin hayot tarzi, ekologik tashqi muhit omillaridan himoyalanganligi va termitlar sonining nihoyatda koʻpligi, ularga qarshi kurash choralari oʻtkazilgan taqdirda ham oz miqdorda qolgan termitlar tezlikda oʻz populyatsiyasini qayta tiklash qobiliyatini saqlab qoladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar