Oʻzbekistonda Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiali ochiladi

Oʻzbekistonda yaqin fursat ichida Rossiyaning beshta yetakchi oliy oʻquv yurti filiallari ochiladi, deb xabar berdi Sputnik nashri.

Foto: cendop.bmstu.ru

Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan hamkorlikda oʻtkazgan matbuot anjumanida maʼlum qilgan.

Kamilovning soʻzlariga koʻra, madaniy-gumanitar soha ikki mamlakat hamkorligining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

«Oʻzbekistonda yaqin fursat ichida «Moskva poʻlat va qotishmalar» milliy tadqiqot texnologiya universiteti, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Moskva arxitektura universiteti, Rossiya texnologiya universiteti filiallarining ochilishi rejalashtirilgani ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi», — dedi Oʻzbekiston TIV rahbari.

Kamilovning bildirishicha, bundan tashqari, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali kengayishi koʻzda tutilmoqda, bu yerda amaliy matematika va informatika, psixologiya mutaxassisliklari boʻyicha magistratura yoʻnalishlari joriy etiladi.

Avvalroq Oʻzbekiston Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi vakillari Moskva poʻlat va qotishmalar instituti filiali 2018-yilda dastlabki talabalarni qabul qilishini bildirgandi. U Olmaliqdagi litseylardan biri negizida faoliyat olib boradi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar