Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxini bir meʼyorda ushlab turadigan jamgʻarma tuzildi

Oʻzbekistonda ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tuzildi. Bu jamgʻarma Oʻzbekiston prezident qarori asosida tashkil etildi.

Oʻzbekiston Moliya vazirligi 100 mln dollari boʻlgan birlamchi badali hisobidan shakllantiriladi.

Jamgʻarma mablagʻlari birinchi navbatda, goʻsht, oʻsimlik va hayvon yogʻi, gʻalla, un, kartoshka, sabzi, boshpiyoz, shuningdek, boshqa muhim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarini ichki bozordagi oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talab va takliflarning mavsumiy va jadal tebranishlarini silliqlashtirishga yoʻnaltiriladi.

Jamgʻarmaning mablagʻlari bilan qatʼiyan Oʻzbekiston Bosh vaziri A.N.Aripov boshchiligidagi Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx- navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi qarorlari boʻyicha sarflanadigan holda tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda respublika komissiyasi qaroridan keyin, tanlov asosida, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan belgilangan hajmlarda jumladan, goʻsht, oʻsimlik va hayvon yogʻi, shuningdek, ichki bozorda yetishmayotgan boshqa muhim oziq-ovqat mahsulotlarining import qilinishini qisqa muddatlarda taʼminladi.

Jamgʻarma hisobidan import qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari 2018 yil 1 apreligacha bojxona toʻlovlaridan ozod etildi.

Respublikada ishlab chiqarilmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari hamda ishlab chiqarish quvvatlarini yetarli darajada faoliyat yuritishini taʼminlashni hisobga olgan holda, qoramolchilik tarmoqlarining ehtiyojlarini toʻlaqonli va sifatli qondirish maqsadida yem-xashak ishlab chiqarish uchun gʻalla, urugʻlik materiallar va boshqa xom ashyo resurslarini import qilishda bojxona stavkalarini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kirish toʻgʻrisida mutasaddi vazirlik va qoʻmitalarga topshiriq berildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar