Oʻzbekistonda oliy tibbiy taʼlim tizimi isloh qilinadi


Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy taʼlim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur hujjat tibbiy taʼlim sifatini yanada oshirish, bosqichma-bosqich ravishda eng yaxshi xalqaro amaliyot darajasidagi oliy va oʻrta-maxsus, kasbiy tibbiy taʼlim tizimini shakllantirish, tibbiy xizmat darajasini oshirish maqsadida qabul qilindi.

Sogʻliqni saqlash vazirligiga oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar tibbiy taʼlimi, malaka oshirish uchun davlat taʼlim standartlari va talablarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini taʼminlash yuklatildi.

Bundan tashqari, vazirlik sogʻliqni saqlash mutaxassislarini qayta tayyorlash, shuningdek, oliy malakali ilmiy-pedagogik tibbiy kadrlarni tayyorlash, tibbiyotni rivojlantirishning zamonaviy yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-oʻqituvchilarni, bakalavriat va magistratura talabalarini keng jalb qilishga ham masʼul hisoblanadi.

Hujjat oliy malakali tibbiy kadrlarni magistraturada tor mutaxassisliklar boʻyicha 2-3 yillik taʼlim davomida tayyorlashni, klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha 2 yillik taʼlim davomida malaka oshirish va qayta tayyorlashni koʻzda tutadi.

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bloklar boʻyicha oʻquv soatlarini jami oʻquv vaqtining 7 foizigacha qisqartirish hisobiga, klinikagacha boʻlgan va klinik bloklar boʻyicha oʻquv soatlarini jami oʻquv vaqtining 85 foizigacha yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirda bakalavriatning “davolash ishi”, “professional taʼlim” (davolash ishi), “harbiy-tibbiy taʼlim” (davolash ishi), “pediatriya ishi” yoʻnalishlari boʻyicha tahsil  olayotgan 2-5 kurs talabalari uchun taʼlim 6 yillik asosiy tibbiy taʼlimni taʼminlovchi moslashtirilgan oʻquv rejalari boʻyicha oʻtkaziladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar