Oʻzbekistonda dehqon bozorlari xususiy kompaniyalarga oʻtishi mumkin

Oʻzbekistonda dehqon bozori va savdo majmuasini ixtisoslashgan xususiy kompaniya boshqaruviga topshirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Foto: Flickr / Dan Lundberg

Bu davlat rahbarining tijorat tashkilotlarida davlat ishtirokini yanada kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar haqidagi qarori loyihasida koʻzda tutilgan.

Dastlabki tajriba-sinov loyihasini Toshkentda oʻtkazish taklif etilmoqda. Poytaxt maʼmuriyatiga tajriba oʻtkaziladigan dehqon bozori va savdo majmuasini aniqlash uchun uch oy muddat beriladi. Ular shartnoma asosida kompaniyalarga, xususan mazkur yoʻnalishda faoliyatni tashkil etish va olib borish tajribasiga ega boʻlgan xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi.

Tajriba-sinov loyihasi yakunlariga koʻra 2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda Davlat raqobat qoʻmitasi davlat mulkini, jumladan davlat ulushi va davlat korxonalarini ixtisoslashgan maxsus kompaniyalarga topshirish boʻyicha hukumatga takliflar kiritadi.

Qayd etish joiz, bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat dehqon bozorlari aksiyalarining nazorat paketi Toshkent maʼmuriyatiga tegishli. Bozorlar faoliyatini tarkibiga 20ta bozor va savdo majmuasi kiradigan «Toshbozorsavdo» assotsiatsiyasi nazorat qiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar