Oʻzbekistonda chet elga chiqish pasporti joriy qilinadi

Oʻzbekiston fuqarolarida kelasi yildan boshlab chet elga chiqish uchun alohida pasportlar paydo boʻlishi mumkin. Bu haqida Oʻzbekiston prezidentining bugun eʼlon qilingan 3126-sonli Prezident qarorida aytib oʻtilgan.

Bir oy ichida chet elga chiqish pasporti joriy qilish boʻyicha aniq takliflar kiritilsin. Takliflarda ushbu jarayonning aniq bosqichlari, texnik sharoitlari, moliyaviy xarajatlari koʻrsatilsin», — deyilgan hujjatda.

Takliflar Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,  Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi va «Davlat belgisi» tashkiloti tomonidan  bir oy ichida ishlab chiqilishi kerak.

Moliya vazirligi prezident qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun kerakli mablagʻ ajratilishini taʼminlashi kerak.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar