Oʻzbekistonda buyrak va jigar koʻchirib oʻtkazish operatsiyalariga ruxsat berildi

Oʻzbekiston hukumati yaqin qarindoshlar orasida buyrak va jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi haqidagi vaqtincha nizomni tasdiqladi.

Foto: proshchitovidku.ru

Lex.uz portalida keltirilgan hujjatga muvofiq, buyrak va jigar boʻlagini transplantatsiya qilish boʻyicha operatsiyalar faqat davlat tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi va organga muhtoj bemorga faqatgina yaqin qarindoshlari donorlik qilishi mumkin.

Operatsiyani amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalari roʻyxatiga Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi kiritildi.

Latest from Blog