Oʻzbekistonda avtomobillar uchun chiroyli raqamlar rasman sotuvga chiqishi mumkin


Oʻzbekistonda avtomobillar uchun sotib olinadigan chiroyli raqamlarni rasman sotuvga chiqarish boʻyicha hujjatlar loyihasi tayyorlanmoqda, deb xabar beradi «Qalampir» sayti.

Bu haqda Xalqaro press-klub tashkilotchiligida boʻlib oʻtgan brifingda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi Xolmatjon Saydaliyev xabar bergan.

Ilgariroq Oʻzbekistonda avtomobillar uchun chiroyli raqamlar sotilishi haqida gap-soʻzlar tarqagan, ammo bu gap-soʻzlar rad etilgandi.

Latest from Blog