Oʻzbekiston poyezdlari va samolyotlarida kutubxonalar tashkil etiladi

Oʻzbekiston temir yoʻl poyezdlari hamda samolyotlarda milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari asosida tayyorlangan radioinstsenirovka hamda audiokitoblarni alohida kanalga joylashtirish va yangilab borish rejalashtirilgan, deb xabar qildi Matbuot va axborot agentligi.

Foto: northyorks.gov.uk

Mazkur yangilik Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyati, «Oʻzbekiston havo yoʻllari» Milliy aviakompaniyasi hamkorligida amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Hozirgi kunda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» Milliy aviakompaniyasida havo kemasi sahnida yoʻlovchilar uchun namoyish etiladigan media-kontentga audiokitoblar bosqichma-bosqich, yaʼni 2018-yil may oyidan boshlab kiritilishi koʻzda tutilgan.

Latest from Blog