«Oʻzbekiston pochtasi» Islom Karimovga bagʻishlangan pochta markalarini chiqardi

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bagʻishlab toʻqqizta pochta markasi chiqarildi.

Foto: «Oʻzbekiston pochtasi» matbuot xizmati

«Pochta markalari turkumining chiqarilishi Oqsaroy qarorgohi oldidagi Islom Karimovga bagʻishlangan yodgorlik majmuasining va haykalining ochilishi vaqtiga toʻgʻri keltirilgan», deyiladi «Oʻzbekiston pochtasi» matbuot xizmati xabarida.

Pochta markalarida Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va voqealar mujassamlashgan.

Latest from Blog