Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir yil ichida 2 million dollarga koʻpaydi

Markaziy bank 2018 yil 1 fevral holatiga boʻlgan Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralarini miqdorini maʼlum qildi.

Foto: Telegraph.co.uk

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2018-yil 1-fevral holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 774,6 million AQSh dollari (2017-yil 1-yanvar holatiga 26 428,8 million AQSh dollari), (xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 775,9 million AQSh dollari, monetar oltin — 13 998,7 million AQSh dollari), sof oltin-valyuta zaxiralari — 27 250,1 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Latest from Blog