Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi Pokistonga qatnovlarni tikladi

1 daqiqada oʻqiladi


Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi Lahor shahriga qatnovlarni tikladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilindi.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi 2017-yilning 5-aprelida Pokistonga birinchi qatnovni bajardi. Endi parvozlar А320 zamonaviy laynerlarida, haftasiga ikki marta, chorshanba va payshanba kunlari quyidagi jadval boʻyicha bajariladi (mahalliy vaqtlarda):

Chorshanba: HY463 Toshkent 10:30 – Lahor 12:50

HY464 Lahor 23:55 – Toshkent 02:25 (payshanba)

Payshanba: HY461 Toshkent 22:40 – Lahor 01:00 (juma)

HY462 Lahor 10:15(juma) – Toshkent 12:45

Aviachiptalarni “Onlayn bronlash” boʻlimida onlayn bronlash va sotib olish, shuningdek barcha sotish shoxobchalaridan xarid qilish mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog