Oʻzbekiston – iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlar reytingida 2-oʻrinda

Jahon iqtisodiy forumi reytingiga koʻra, Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti oʻsishi prognoz koʻrsatkichlari boʻyicha 2017-yilda dunyo mamlakatlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi.

Foto: UzReport.uz

Jahon banki ekspertlarining prognoz qilishicha, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti joriy yilda 7,6 foiz oʻsadi. Keyingi yillarda esa bu koʻrsatkich yanada oshadi.

Jahon banki ekspertlari Oʻzbekistonning faol qoʻshnichilik siyosati Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy rivojlanish va integratsiyaning yanada tezlashishiga xizmat qilishini qayd etishgan.

Oʻzbekiston 2015-yilda mazkur reyting boʻyicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan edi.

Joriy yilgi reytingning birinchi oʻrnida yalpi ichki mahsuloti 8,3 foizga oʻsishi prognoz qilingan Efiopiya joylashgan. Iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar yuqori beshligiga Nepal (3-oʻrin), Hindiston (4-oʻrin) va Tanzaniya (5-oʻrin) kiritilgan.

Latest from Blog